Новости

Последние новости

янв.21
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
242-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasida hududdagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Qoshtut MFYdagi Ko‘kzor ko‘chasini asfaltlash masalasi o‘rganildi
янв.21
“Achaobod” mahallasida deputatlik nazorati: Ijtimoiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR 📌  Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisining o‘rinbosari Sagdullaev Ismoil Usmanovich — Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati.
“Do‘stlik” mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 11-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati S.Xodjayeva “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, fuqarolar murojaatida ko‘rsatilgan Taraqqiyot ko‘chasidagi holatni joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida Taraqqiyot ko‘chasi, 58-sonli ko‘p qavatli uy oldidagi oqova suv qudug‘ida nosozlik yuzaga kelgani sababli atrofga yoqimsiz hidlar tarqalayotgani aniqlandi. Shuningdek, xonadonlarga quvur tortilgan ayrim joylarda ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmagani ham ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish, nosozliklarni bartaraf etish hamda hududning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish belgilandi.

Fuqarolar murojaati — deputatlik nazoratida!

Slide 1 of 3