Новости

Последние новости

янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: ZAMONDOSH MFYDA YANGI MAHALLA BINOSI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 130-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Olmazor tumani Umid MFYdagi Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“GULZOR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
130-sonli DMTTning Oshxona foaliyati o‘rganildi
янв.21
SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
22-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Namangan shahar 15-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta'lim tizimini rivojlantirish

Namangan shahar 15-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta'lim tizimini rivojlantirish, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda 2026–2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R.Isaqov tomonidan Namangan shahar 15-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta'lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik darajasi, maktab binolarining tashqi fasad qismi, hududni obodonlashtirish ishlari, sinf xonalarining holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda moddiy-texnik ta'minoti atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining sozligi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, sanitariya-gigiyena holati va obodonlashtirish ishlari yuzasidan mas'ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ta'lim muassasasini yangi o‘quv yili hamda kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holga keltirish, o‘quvchilar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy ta'lim muhitini yaratish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Ta'lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashga qaratilgan nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6