Новости

Последние новости

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
🔽Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

🔽Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

🏦Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda mavjud muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, manzilli ko‘mak ko‘rsatish mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🏦Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J. Norov va R. Murodov hamkorligida “Tinchlik” mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
🏦O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish hamda ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🏦Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash, ularni mavjud imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida xabardor qilish, ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy natijalariga e’tibor qaratildi.
🏦O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔺Mahallalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligi va farovonligini ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik va jamoatchilik nazorati asosida davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4