Новости

Последние новости

янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: ZAMONDOSH MFYDA YANGI MAHALLA BINOSI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 130-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Olmazor tumani Umid MFYdagi Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“GULZOR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
130-sonli DMTTning Oshxona foaliyati o‘rganildi
янв.21
SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
22-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Orolbo‘yi mahallasidagi 32-maktabda “Ochiq budjet” loyihasi ijrosi o‘rganildi

Aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududlarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar tomonidan ilgari surilgan loyihalarning amaliy ijrosini ta’minlashda “Ochiq budjet” tizimi muhim ahamiyat kasb etmoqda. G‘olib tashabbuslarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi esa mahalliy Kengash deputatlari tomonidan alohida nazoratga olinmoqda.

Marg‘ilon shahrida 2026-yil 2-mavsumida fuqarolar tomonidan eng ko‘p ovoz berilgan jami 15 ta tashabbus g‘olib deb topilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 18 milliard 374 million 450 ming so‘mni tashkil etadi. Mazkur loyihalar Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi hamda tegishli tashkilotlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.

Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi tavsiyalariga muvofiq, loyihalarning ijrosi hududlardagi tegishli deputatlarga biriktirilib, ularning amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazorati yo‘lga qo‘yilgan.

Shu asosda 25-Orolbo‘yi saylov okrugi hududida joylashgan Orolbo‘yi mahallasidagi 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ochiq budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan olib borildi.

Loyihaga ko‘ra, maktab hududidagi bo‘sh turgan maydonda o‘quvchilar uchun usti yopiq, sun’iy qoplamali futbol maydoni, shuningdek, maydonga tutash yuvinish va kiyinish xonalari barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 150 million so‘mni tashkil etadi.

O‘rganish davomida loyihaning amaldagi holati, qurilish ishlarini tashkil etish, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda belgilangan talablar asosida ishlarning bajarilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — loyihani shunchaki amalga oshirilgan deb qayd etish emas, balki uning belgilangan muddatda, sifatli va eng muhimi, o‘quvchilar uchun amaliy manfaat keltiradigan tarzda foydalanishga topshirilishini ta’minlashdan iborat.

Mazkur loyiha bo‘yicha buyurtmachi tashkilot sifatida Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati davlat muassasasi belgilangan.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilandi. Loyiha ijrosi deputatlik nazoratida qoladi.

Zero, “Ochiq budjet” orqali aholining ovozi bilan g‘olib bo‘lgan har bir loyiha ortida fuqarolarning aniq ehtiyoji va kutishi turibdi. Shu bois ajratilgan mablag‘larning samarali yo‘naltirilishi, qurilish va jihozlash ishlarining sifatli bajarilishi hamda yaratilgan imkoniyatlardan o‘quvchilarning to‘laqonli foydalanishi deputatlik nazoratining muhim vazifalaridan biridir.

Slide 1 of 7