Новости

Последние новости

янв.21
USTOZ VA MURABBIYLAR — E’ZOZ VA EHTIROMDA
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA TURIZM KO‘CHALARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI VA XOTIN-QIZLAR MASALALARI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
102-DMTTda sog‘lom ovqatlantirish tartibi o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasidagi 24-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“AHIL” MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
Bog‘ishamol mahallasida mahalla raisi faoliyati deputatlik nazoratida

Mahallalarda boshqaruv tizimini samarali tashkil etish, aholi bilan ishlashni yanada kuchaytirish, fuqarolarning murojaatlari va muammolarini joyida o‘rganish hamda mahalla faoliyatining amaldagi holatini tahlil qilish maqsadida deputatlik nazorati doirasida nazorat-tahlil tadbirlari davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati G.Tangirova, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xolmuminov, shahar Kengashi deputati Sh.Allamuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov ishtirokida “Bog‘ishamol” mahallasida mahalla raisi J.Xudoyberdiyevning faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat-tahlil jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-son “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan belgilangan mahalla raisining asosiy vazifalari asosida tashkil etildi. Farmonda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi mas’uliyatni kuchaytirish vazifalari belgilangan.

O‘rganish davomida mahalla raisi tomonidan hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika va soliq inspektorlari hamda ijtimoiy xodim faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish va mahallani har tomonlama rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan muammolarni xonadonbay o‘rganish, fuqarolarning murojaatlari, taklif va shikoyatlarini ko‘rib chiqish, aniqlangan masalalarni “mahalla yettiligi” va tegishli tashkilotlarni jalb qilgan holda hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mahallada aholini kambag‘allik va ishsizlikdan chiqarish, jinoyatchilikning oldini olish, oilaviy nizolarni kamaytirish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda mahalla hududida sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham nazorat-tahlil qilindi.

Bundan tashqari, mahalla raisining har oyda ommaviy hasharlar tashkil etish, ko‘chalar, xonadonlar, yo‘laklar, ariqlar va ijtimoiy obyektlarning tozaligi hamda obodonligini ta’minlash, hududni ko‘kalamzorlashtirish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarni tashkil etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Fuqarolar bilan muloqotlar davomida mahalladagi ichki yo‘llar, elektr, ichimlik suvi, tabiiy gaz, obodonlashtirish, sanitariya va boshqa infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan murojaatlar o‘rganilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, mahalla raisining fuqarolar yig‘ini kengashida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborotlarini eshitish hamda muammolarning bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish borasidagi faoliyati ham tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida mahalla raisining aholi oldida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ochiq axborot berishi, aniqlangan muammolarni yuqori turuvchi tashkilotlarga belgilangan tartibda kiritishi va ularning ijrosi ustidan nazorat olib borishi masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, mahallada aholini ommaviy sportga jalb qilish, ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, yoshlar va oilalar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yuzasidan ham fikr almashildi.

Nazorat-tahlil davomida mahalla raisi J.Xudoyberdiyevga PF-116-son Farmonida belgilangan vazifalarni mahalla sharoitidan kelib chiqib tizimli tashkil etish, “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi muammolarini manzilli o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalla boshqaruvi samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratildi.

Xalq deputatlari Kengashi tomonidan mahallalarda PF-116-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi, “mahalla yettiligi” faoliyati va aholi muammolarining amaliy hal etilishi yuzasidan deputatlik nazorati doirasidagi nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1