Новости

Последние новости

янв.21
“ZAMONDOSH” MFY YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA HUQUQIY ASOS
янв.21
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
242-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasida hududdagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Qoshtut MFYdagi Ko‘kzor ko‘chasini asfaltlash masalasi o‘rganildi
Deputatlar faoliyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda

🇺🇿Deputatlar faoliyati keng
jamoatchilikka yetkazilmoqda

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari faoliyatini ommaviy axborot vositalari va rasmiy axborot resurslarida keng yoritishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Fuqarolarning vakillik organlari faoliyati to‘g‘risida ochiq, shaffof va tezkor axborot olish huquqini ta’minlash, shuningdek deputatlik faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini yanada kuchaytirish maqsadida deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar Uzun tumani hokimligining rasmiy axborot resurslari orqali muntazam yoritib borilmoqda.

📋Xususan, rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda:
📨deputatlik so‘rovlari;
💬saylovchilar bilan uchrashuvlar;
🔍nazorat va o‘rganish tadbirlari;
⚖️doimiy komissiyalar faoliyati;
💡ijtimoiy ahamiyatga molik tashabbuslar;
🔝hududlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar va boshqa dolzarb tadbirlar haqida muntazam axborot berib borilmoqda.

✅Mazkur yondashuv deputatlar faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va jamoatchilik bilan samarali muloqotni ta’minlash, shuningdek fuqarolarning mahalliy Kengash faoliyatidan xabardorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.