Новости

Последние новости

янв.21
102-DMTTda sog‘lom ovqatlantirish tartibi o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasidagi 24-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“AHIL” MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
219-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayoni o‘rganildi
янв.21
Olmazor tumani "Umid" MFY hududidagi 219-maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 24-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
«Obod mahalla» loyihasi doirasida «Jiydali» mahallasida rejalashtirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘shtut mahallasida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi
“Ogohlik va hamkorlik — odam savdosi hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashning muhim garovi”
“Ogohlik va hamkorlik — odam savdosi hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashning muhim garovi”

Kogon shahrida mazkur mavzuga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari M. To‘raboyev, Sh. Isamutdinov va J. To‘rayevlar, “Adolat” SDP Buxoro viloyati hamda Kogon shahar Kengashlari bilan hamkorlikda odam savdosining oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Tadbir davomida ichki ishlar organi xodimi tomonidan odam savdosi va bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri — kiberjinoyatlar bo‘yicha mazmunli ma’ruza qilindi. Unda zamonaviy texnologiyalardan foydalanayotgan firibgarlarning usullari, internetdagi xavf-xatarlar va ulardan himoyalanish yo‘llari haqida muhim tushunchalar berildi.

Bunday uchrashuvlar fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish, hushyorlik va ogohlikni kuchaytirish hamda jinoyatchilikning oldini olishda barcha kuch va vositalarni birlashtirishga xizmat qiladi.

Zero, ogohlik — xavfsizlik, hamjihatlik esa kuchdir!

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash