Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Xursandlik MFYda bo‘lib, hudud aholisi bilan uchrashdi.
Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va fikrlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Deputat tomonidan aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xalq bilan muloqot — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir.