#Qaror_Ijrosi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari
🏫 YANGI O‘QUV YILI OLDIDAN 335-SONLI MAKTABNING TAYYORGARLIK HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 43-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputati Suhrob Saifnazarov hamda Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Dilshoda Xursandova Yangihayot tumanidagi “Yangi Gulzor” mahallasida joylashgan 335-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining 2026–2027-yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini joyiga chiqib o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida 720 o‘rinli maktabda rekonstruksiya natijasida yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalari, moddiy-texnik baza, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
🏗 335-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-dekabrdagi PQ-454-son qarori asosida amalga oshirilgan. Mazkur loyiha bo‘yicha bosh buyurtmachi sifatida Ijtimoiy soha binolarini ta’mirlash injiniring kompaniyasi, loyiha tashkiloti sifatida tender g‘olibi “SRG EXPERT” MChJ, qurilish-pudrat ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot sifatida esa tender g‘olibi “STELLA STROY SERVIS” MChJ faoliyat olib borgan. Bugungi kunda rekonstruksiya ishlari yakunlanib, maktab foydalanishga topshirilgan.
🔺 Tashrif davomida maktab direktori Iroda Babayeva bilan muloqot o‘tkazilib, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
♨️ Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, isitish tizimining texnik holati, sovuq kunlarda sinf xonalarida zarur haroratni barqaror saqlash hamda muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📚 O‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida ham olib borilib, xususan, umumta’lim muassasalarining moddiy-texnik holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sport infratuzilmasi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari tahlil qilindi.
📝 O‘rganish yakunida maktab jamoasining takliflari tinglanib, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlarni asrab-avaylash, mavjud masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish va yangi o‘quv yilini sifatli boshlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Deputat Suhrob Saifnazarov tomonidan 335-sonli umumta’lim maktabida rekonstruksiyadan keyingi holat, yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalar deputatlik nazoratiga olindi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash