35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
ONA SUTI BILAN OZIQLANTIRISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA GO‘DAKLAR HAMDA KICHIK YOSHDAGI BOLALAR OZIQLANISHINI HIMOYA QILISH
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya-gigiyena talablari va ovqatlanish sharoitlari yuzasidan Deputatlik nazorati
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
“Gulzor” saylov okrugida sport inshootlari va bolalar maydonchasi o‘rganildi
янв.21
BOLALAR UCHUN YARATILGAN YASHIL HUDUD VA HAYVONOT BOG‘I O‘RGANILDI
янв.21
30-“CHUSTIY” SAYLOV OKRUGIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Olimpiya MFY hududida Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: “AHIL” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SHODIYONA MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Qoshtut MFYda aholi murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi


❗️Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, senatorlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari va OAV ishtirok etdi. Sessiya kun tartibiga jamiyat uchun dolzarb bo‘lgan o'ndan ortiq masalalar kiritilib, keng ko‘lamli muhokamalar o‘tkazildi.

Sessiyada viloyat Kengashi kotibiyati mudiri R.Raupov ham sessiyani tashkillashtirishda hamda sessiya ishida faol ishtirok etdi.

Kun tartibidan joy olgan masalalar:

1. Qashqadaryo viloyati mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida.

2. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2026-yil 13-apreldagi “Qashqadaryo viloyati mahalliy byudjetining 2026-yil boshidagi erkin qoldiq mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida”gi
VII-24-60-4-0-K/26–sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.

3. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2026-yil 27-martdagi VII-24-49-4-0-K/26–sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.

4. Viloyatda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.

5. Qashqadaryo viloyatida dasturlar doirasida investitsiya loyihalarini va hududning eksport salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.

6. Qashqadaryo viloyatida barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida turizmni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.

7. Qarshi shahri “Xontepa” mahalla fuqarolar yigʻini hududini renovatsiya qilish boʻyicha master-rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida.

8. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida.

Slide 1 of 7