Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyati takomillashtirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mamlakatimizda teatr va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur qaror bilan:
- davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish;
- milliy va jahon madaniy merosining eng sara namunalarini keng targ‘ib etish;
- yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish;
- zamonaviy sahna texnologiyalarini joriy etish;
- madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda aholiga sifatli madaniy xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish kabi muhim vazifalar belgilangan.
Ushbu chora-tadbirlar teatr san’atini rivojlantirish, milliy madaniyatimizni asrab-avaylash va keng targ‘ib qilish, shuningdek, aholining, ayniqsa yoshlarning madaniy hordiq chiqarish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Madaniyat taraqqiyoti – jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir!