Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Obod makon” mahallasi binosining qurilish jarayoni bilan tanishdi.
🏢 Tashrif davomida qurilish ishlarining dastlabki bosqichi, loyiha yechimlari hamda belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
🤩 Muloqot chog‘ida qurilish ishlarini belgilangan loyiha asosida, sifat va muddat talablariga qat’iy rioya etgan holda bajarish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Qurilish ishlarining borishi va sifat ko‘rsatkichlari deputatlik nazoratida bo‘ladi.