35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Gulzor” MFYda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
"Eski shahar" MFY mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash samaradorligi ko‘rib chiqildi
янв.21
Ziyokor MFYda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
GULZOR MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BILAN MULOQOT: IJTIMOIY KO‘MAK VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ZIYOKOR” MFY HUDUDIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
22-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDA DEPUTATLIK O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PARLAMENTNING ROLI
янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
Takiya mahallasida jamoat xavfsizligi masalalari muhokama qilindi

#deputat_okrugida #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#deputat_foliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati

Takiya mahallasida jamoat xavfsizligi masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 3-Takiya saylov okrugidan saylangan deputat A. Abdunazarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov deputatning saylov okrugidagi Takiya mahallasida profilaktika inspektorining faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va aholi uchun xavfsiz muhitni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Shuningdek, mahalla hududidagi kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, sodir etilgan huquqbuzarliklarga qonunchilikda belgilangan tartibda barham berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Ayniqsa, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularni turli salbiy ta’sirlardan asrash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, yoshlar va voyaga yetmaganlarni terrorizm, ekstremizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoyalash, oilalar bilan manzilli ishlash, muammoli vaziyatlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash joizki, Takiya mahallasi yashil toifadagi hudud sifatida qayd etilgan bo‘lib, bu hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik ishlarning samaradorligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3