35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Gulzor” MFYda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
"Eski shahar" MFY mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash samaradorligi ko‘rib chiqildi
янв.21
Ziyokor MFYda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
GULZOR MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BILAN MULOQOT: IJTIMOIY KO‘MAK VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ZIYOKOR” MFY HUDUDIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
22-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDA DEPUTATLIK O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PARLAMENTNING ROLI
янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
#Chinoz_tumani DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI!



O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashiga 13-Ko'tarma saylov okrugidan saylangan deputat Ibragimov Farxod Ismailovich 2026-yilning II choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.

🤝 Uchrashuvda:
🔹 tuman hokimligining bosh mutaxassisi Sh.Yusupova
🔹 tuman "O'zXDP" partiyasi a'zosi
🔹 "Mahalla yettiligi" a'zolari;
🔹 tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari;
🔹38-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori
🔹 "Islomobod", fuqarolari ishtirok etdilar.

Deputat F.Ibragimov kun tartibidagi masalalarning mazmuni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

✅ mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar;
✅ aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qonunlar, Prezident Farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati;
✅ "Kuchli Kengash, tashabbuskor va hisobdor hokim" tamoyili asosida vakillik organlari hamda ijro hokimiyatining hamkorlikdagi faoliyati haqida batafsil ma'lumot berdi.

📊 Shuningdek,
🔸 tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi;
🔸 aholi muammolarini hal etishda deputatlarning o‘rni;
🔸 Kengash qarorlari asosida tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar;
🔸 "Og‘ir toifadagi mahallalar" hamda "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar"da olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan ham ma'lumot berildi.

👤 Deputat Farxod Ibragimovning axborotida quyidagilar o'z aksini topgan:

📌 tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ijrosini taʼminlash;
📌 Mansabdor shaxslarning hisoboti va axborotlari eshitilganligi;
📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik soʻrovlari;
📌 fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar;
📌 ularni ijobiy hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
📌 yuborilgan deputatlik so‘rovlari;
📌 erishilgan natijalar;
📌 hamda kelgusidagi ustuvor rejalari haqida saylovchilarga batafsil ma'lumot berdi.

✍️ Tadbir davomida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berildi hamda bildirilgan takliflar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Slide 1 of 7