35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Ijtimoiy himoya - deputat nazoratiga olindi

 Fuqaro Gulxayo Komilova oilaviy sharoiti og‘irligi, ikki nafar farzandi borligi, bir yoshli farzandining salomatligi bilan bog‘liq muammo sababli muntazam tibbiy ko‘rik va davolanishga ehtiyoj sezayotganini bildirdi. 

Murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik qilish, farzandning salomatligini mutaxassislar tomonidan o‘rganish hamda zarur tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini aniqlash masalalari ko‘rib chiqildi. 

Shu bilan birga mavjud tartib-taomillar asosida tibbiy yordam olish va zarur hollarda bepul davolanish masalasi bo‘yicha tuman Tibbiyot birlashmasi mas’ullariga deputat so‘rovi kiritildi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 3