35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
QONUN — MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSI
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA QULAY SHAROIT — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA TOM QISMLARI TA’MIRLANMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
янв.21
“Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror agrar taraqqiyot: ustuvor vazifalar va istiqbollar” mavzusida seminar o‘tkazildi.
янв.21
XOTIN-QIZLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR VA AMALIY YECHIM MARKAZIDA
янв.21
“Xislat” mahallasida hududlarning obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
“Universitet” mahallasida aholi murojaati amaliy yechim topmoqda
янв.21
“XONCHARBOG‘” MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
“ACHAOBOD” MAHALLASIDA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputatlari N.Alimova D. Djumaboyeva lar tomonidan tomonidan shahar Energetika kolleji sport zalining umumiy texnik holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud inventarlarning yaroqliligi va xavfsizlik talablariga muvofiqligi atroflicha tahlil qilindi.

📥O‘rganish jarayonida sport zalining isitish va yoritish tizimi, shamollatish holati, pol qoplamasining sifati, sport anjomlarining butligi hamda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi alohida ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mashg‘ulotlar jadvali, murabbiylar faoliyati samaradorligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan gigiyenik sharoitlar va tibbiy nazorat masalalari ham tahlil qilindi.

🛍O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sport zalini zarur inventarlar bilan to‘liq ta’minlash, mavjud jihozlarni ta’mirlash hamda xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

📥Mazkur yo‘nalishda ishlarni izchil davom ettirish, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish hamda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 1