35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
XOTIN-QIZLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR VA AMALIY YECHIM MARKAZIDA
янв.21
“Xislat” mahallasida hududlarning obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
“Universitet” mahallasida aholi murojaati amaliy yechim topmoqda
янв.21
“XONCHARBOG‘” MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
“ACHAOBOD” MAHALLASIDA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLALARDA SANITARIYA HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Toshkent shahrida xotin-qizlar bilan tizimli ishlash samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
🏛 XISLAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
“KO‘CHAMA-KO‘CHA DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLARNI MANZILLI O‘RGANISHNING AMALIY TIZIMI
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Xususan, Shijoat ko‘chasi 23-uyda yashovchi fuqaro S.Madaminova tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida kredit ajratish bo‘yicha murojaat qildi.

Murojaat o‘rganilib, fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun kredit ajratish masalasida amaliy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan tegishli ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Mazkur masala deputat N.Shomatov nazoratiga olinib, kredit ajratish jarayonini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yakunlash hamda fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3