35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
XOTIN-QIZLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR VA AMALIY YECHIM MARKAZIDA
янв.21
“Xislat” mahallasida hududlarning obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
“Universitet” mahallasida aholi murojaati amaliy yechim topmoqda
янв.21
“XONCHARBOG‘” MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
“ACHAOBOD” MAHALLASIDA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLALARDA SANITARIYA HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Toshkent shahrida xotin-qizlar bilan tizimli ishlash samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
🏛 XISLAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
“KO‘CHAMA-KO‘CHA DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLARNI MANZILLI O‘RGANISHNING AMALIY TIZIMI
Yo‘l harakati xavfsizligi — barchamizning mas’uliyatimiz

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Jondor tuman Kengashi deputatlik guruhi hamda tuman IIB YHXB boshlig‘i B.Shodiyev ishtirokida tumanda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
📌Tadbir davomida fuqarolarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, belgilangan tezlik me’yorlarini buzmaslik, piyodalarga yo‘l berish hamda svetofor va yo‘l belgilarining talablariga amal qilish muhimligi tushuntirildi.
📌Shuningdek, transport vositasini boshqarishda hushyorlikni saqlash, yo‘lda ehtiyotkor bo‘lish, haydovchi va piyodalarning o‘zaro hurmat hamda mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌Ta’kidlanganidek, yo‘l harakati xavfsizligi faqat mutasaddi tashkilotlarning emas, balki har bir fuqaroning mas’uliyatidir. Qoidalarga amal qilish inson hayoti va salomatligini asrashning eng muhim shartlaridan biridir.
📌Targ‘ibot tadbirlari orqali aholining yo‘l harakati madaniyatini yuksaltirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va xavfsiz harakat muhitini shakllantirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 4