O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi I. Ikromov tomonidan Kengash raisining saylov okrugida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududdagi bolalar maydonchasining mavjud holati ko‘zdan kechirilib, maydonchani tartibga keltirish, obodonlashtirish hamda bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish zarurligi aniqlandi.
Aniqlangan muammoni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborish va masalani deputatlik nazoratiga olish belgilandi.
Endilikda bolalar maydonchasini tartibga keltirish, obodonlashtirish va undan bolalar uchun xavfsiz foydalanish imkoniyatini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi nazoratga olinadi.
Muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimini izlash va fuqarolar manfaatini himoya qilish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati