📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ibrohim Rasulov O‘rta Masjid mahallasidagi ko‘p qavatli uylaridagi mavjud liftlarning texnik holatini joyiga chiqib o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida liftlardan foydalanish sharoiti, ularning texnik sozligi, sanitariya holati hamda aholining bu boradagi fikr va takliflari tinglandi.
🤝 Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✅ Fuqarolar uchun xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini yaratish, ko‘p qavatli uylardagi muhandislik infratuzilmasini muntazam nazorat qilib borish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.