Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY hududidagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.
🏗 O‘rganish davomida:
🔹 mavjud maktab binosini mukammal ta’mirlash;
🔹 qo‘shimcha o‘quv binosini barpo etish;
🔹 zamonaviy sport zalini qurish ishlari ko‘zdan kechirildi.
🔍 Shuningdek, qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan loyiha talablariga rioya etilishi, foydalanilayotgan qurilish materiallari hamda ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha fikr almashildi.
💬 Deputat tomonidan ta’lim muassasasini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash, o‘quvchilar uchun xavfsiz va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish hamda qurilish ishlarini sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
📚 Ta’lim muassasalarini zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash — yosh avlodning sifatli ta’lim olishi va ularning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilayotgan muhim sharoitdir.