Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Madaminov Alisher Abdullayevich, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Djumamuratova Mukarrama Saliyevna hamda mahalla raisi bilan birgalikda “Taxiatosh” mahallasida o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” tadbirlarida faol ishtirok etdi.
🏡 Tashrif davomida ko‘chaboshilar va mahalla aholisi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, hududni yanada obod qilish, xonadonlar oldini tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish hamda ozodalikka mas’uliyat bilan yondashish masalalari yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
🤝 Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, mahalladagi dolzarb masalalarni bosqichma-bosqich hal etish hamda yashash uchun yanada qulay muhit yaratish yuzasidan fikr almashildi.
🌿 Obod mahalla — faqat bunyodkorlik ishlari emas, balki fuqarolarning birdamligi, tashabbuskorligi va o‘z yashash hududiga bo‘lgan daxldorlik hissasi bilan barpo etiladi.