🌿 “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-G‘o‘rin–Hakimobod saylov okrugi deputati Y. Shoymanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amaliy ishlar olib borildi.
📍 Jumladan, Hakimobod mahallasi hududida obodonlashtirish, hududlarni ozoda saqlash, atrof-muhitni yanada ko‘rkamlashtirish hamda mahalla qiyofasini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
🌱 Tadbir davomida mahalla hududlarida tozalik va tartibni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Bunday xayrli tashabbuslar mahallalarda obodlik muhitini shakllantirish, aholi faolligini oshirish va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🏡 Xalq vakillari tomonidan hududlarni obodonlashtirish, fuqarolar bilan hamnafas bo‘lish va mahallalarda mavjud masalalarni amaliy hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.