35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Mahallalarda yangicha ish tizimi, energetika barqarorligi va hududiy o‘sishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Shifokorlar” MFY hududida zamonaviy bolalar maydonchasi va sport majmualari barpo etilmoqda
янв.21
Hududlarda obodonlashtirish, sanitariya va qonuniylik holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ ELEKTR TAQSIMLAGICHLARI YANGILANDI — HOLAT DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
TA’LIM MUASSASASI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
Deputat Abdumannop Abdukayumov mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
янв.21
“TABASSUM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotida sanitariya-gigiyena va sog‘lom ovqatlanish masalalari nazorat qilindi
CHORTUT MAHALLASI AHOLISI MUROJAATI ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

 CHORTUT MAHALLASI AHOLISI MUROJAATI ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Bozorova tomonidan Chortut mahallasida olib borilgan o‘rganishlar davomida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari joyida ko‘rib chiqildi.

⚡️ Murojaatda Dovul ko‘chasida joylashgan 9 ta elektr ustunini ko‘cha chetiga ko‘chirish masalasi ko‘tarildi.

Fuqarolarning ta’kidlashicha, elektr ustunlarining amaldagi joylashuvi transport vositalari va piyodalar harakatiga noqulaylik tug‘dirib, xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirmoqda.

🔎 Deputat tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, elektr ustunlarini belgilangan me’yor asosida ko‘chirish qayd etildi.

📨 O‘rganishga ko‘ra, Dovul ko‘chasidagi 9 ta elektr ustunini ko‘cha chetiga ko‘chirish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va amaliy choralar ko‘rish maqsadida tegishli elektr ta’minoti tashkilotiga deputatlik so‘rovi yuborildi.