👥 Sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
🏘️ Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi U. Alimov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov ishtirokida Boyqishloq mahallasining Dehqonobod qishlog‘iga tashrif amalga oshirildi.
📌 Tashrif davomida sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Har bir masala joyida o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
✅ Ayrim muammolarni bartaraf etish ishlari shu kunning o‘zidayoq boshlab yuborildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa ijroga olinib, ularning yechimi yuzasidan aniq muddatlar belgilandi.
🤝 Ta’kidlanganidek, aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, xalq bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolar roziligini ta’minlash bugungi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
🔎 Shu bois har bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi, ularning ijrosi belgilangan tartibda nazorat qilib boriladi.
📍 Sherobod tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning taklif va murojaatlarini tinglash hamda joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.