35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
TA’LIM MUASSASASI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
Deputat Abdumannop Abdukayumov mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
янв.21
“TABASSUM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotida sanitariya-gigiyena va sog‘lom ovqatlanish masalalari nazorat qilindi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI 🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etish, fuqarolar hamda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlandi.
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
"Chamanbog" mahallasida yangi yashil hudud barpo etilmoqda
янв.21
Deputat Umida Fayziyeva mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
янв.21
🔎 Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari joyida ko‘zdan kechirildi
Yoshlar bilan ochiq muloqot: muammolar tinglandi, takliflar qo‘llab-quvvatlandi

Bugun Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov shahrimizdagi 50-sonli umumta’lim maktabida yoshlar kuni munosabati bilan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalariga kira olmagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, texnikum va o‘quv markazlariga jalb etish, kontrakt to‘lovlari hamda moddiy ko‘mak masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ilmiy izlanish olib borayotgan, ijod bilan shug‘ullanayotgan, kitob va she’riy asarlar yaratib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Murojaatlar yo‘nalishlar kesimida mas’ullarga biriktirilib, ularni tezkor va samarali hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar belgilandi.

Slide 1 of 6