Yig‘ilishda Kengash faoliyatiga oid masalalar, doimiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqilayotgan masalalar, deputatlik nazorati doirasida o‘rganilgan holatlar hamda Kengash sessiyalariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari atroflicha muhokama qilindi.
Ekspert guruhi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan masalalarning huquqiy asoslari, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, ijro mexanizmlari hamda hudud aholisi manfaatlariga ta’siri yuzasidan tahliliy o‘rganishlar olib borildi.
Shuningdek, tayyorlanayotgan qaror loyihalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirilib, hujjatlarning mazmunan puxta, asoslangan hamda amaliyotga yo‘naltirilgan holda ishlab chiqilishi yuzasidan fikr almashildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar berilib, aniqlangan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Ekspert guruhi faoliyati Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi ish jarayonlarini takomillashtirish, masalalarni chuqur tahlil qilish hamda qabul qilinayotgan qarorlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.