🏘 Saylovchilar bilan manzilli uchrashuvlar o‘tkazildi
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Zarabog‘” mahallasida saylovchilar bilan individual tarzda uyma-uy uchrashuvlar tashkil etildi.
🤝 Uchrashuvlar davomida fuqarolarning murojaatlari, muammolari va takliflari o‘rganilib, aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
📝 Uyma-uy o‘rganish jarayonida bildirilgan taklif va murojaatlar qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
✅ Deputatlar tomonidan saylovchilar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.