“Dolzarb 90 kun” ma’naviy-ma’rifiy loyihasi doirasida Yunusobod tumani Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xasanov Baxtiyor Vaxapovich tashabbusi bilan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
🔠Tashrif davomida ishtirokchilarga qatag‘on davri tarixiga oid boy ekspozitsiyalar, noyob eksponatlar hamda mustabid tuzum qurbonlarining hayoti va fojeali taqdiri haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🇺🇿Shuningdek, Prezidentimiz tashabbusi bilan qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, tarixiy haqiqatni tiklash, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati keng yoritildi.
✅Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va bugungi tinch hamda farovon hayotning qadriga yetish tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Bizni kuzatishda davom eting!