🤝 Hamkorlik masalalari muhokama qilindi
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda "Madad" muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S. Ochilov ishtirokida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
💬 Suhbat davomida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, huquqiy targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish hamda kelgusida o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.
✅ Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lida izchil ishlarni davom ettiradi