35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotida sanitariya-gigiyena va sog‘lom ovqatlanish masalalari nazorat qilindi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI 🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etish, fuqarolar hamda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlandi.
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
"Chamanbog" mahallasida yangi yashil hudud barpo etilmoqda
янв.21
Deputat Umida Fayziyeva mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
янв.21
🔎 Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari joyida ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputatlar ishtirokida sayyor qabul hamda mahalla "yettiligi"ning II chorak faoliyati yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Chamanbog" mahallasida yashil hudud barpo etish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat sayyor qabulida mahallalardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i J.Mirzayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovida “Mingtut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Kambag‘allik reestriga kiritilgan va uy-joyini ta’mirlashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar xonadonlarini ta’mirlash ishlari yuzasidan amalga oshirilayotgan choralar hamda ishlarning bajarilish muddatlari bo‘yicha asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Deputatlik so‘rovi O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida yuborilgan bo‘lib, unda fuqarolar murojaatlarining qonuniy va o‘z vaqtida hal etilishi masalasi ko‘tarilgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlarning javoblari va amalga oshirilayotgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2