Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 23-Ko‘liyon saylov okrugidan saylangan deputat U. Ro‘ziyev hamda tuman Mudofaa ishlari bo‘limi hamkorligida Ko‘liyon mahallasida yoshlar ishtirokida targ‘ibot va tashviqot tadbiri tashkil etildi.
🔹Tadbir davomida yoshlarni harbiy xizmatga puxta tayyorlash, ularda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tinchlik va totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashning ahamiyati keng tushuntirilib, yoshlarning turli yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🔹Mazkur tadbir yoshlarni Vatanga sadoqat, yurt ravnaqi va mamlakat tinchligini asrash ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.