35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Toshkent shahrida xotin-qizlar bilan tizimli ishlash samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
🏛 XISLAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
“KO‘CHAMA-KO‘CHA DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLARNI MANZILLI O‘RGANISHNING AMALIY TIZIMI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDA YO‘L INFRASTRUKTURASI YAXSHILANMOQDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DEPUTATI TURDIQUL BOBOMURATOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
Deputat Ibaydullo Mamajanov “Ziyo” mahallasidagi obodonlashtirish ishlarida ishtirok etdi
янв.21
“IBROHIM OTA” MFYDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“Yostiqsiz uxlash: foyda yoki zararmi?” — deputat maqolasi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligida ko‘p qavatli uylar va hudud obodligi holati joyiga chiqib o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 27–31-iyul)

💬Dushanba (27-iyul)
🟢 Haftalik ish rejasini tahlil qilish hamda hafta davomida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarni belgilash (A.Ashurov), Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida qabul qilingan qarorlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, imzolash va ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish (A.Ashurov, R.Mamashukurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish (A.Temirov).

💬 Seshanba (28-iyul)
🟢 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining sessiyasida qabul qilingan qarorlarni tegishli davlat organlari, tashkilot va muassasalarga belgilangan tartibda yetkazish, ularning ijrosini tashkil etish hamda nazoratga olish (A.Ashurov, R.Mamashukurov), qabul qilingan qarorlar ijrosi yuzasidan mas'ul ijrochilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish (A.Temirov).

💬 Chorshanba (29-iyul)
🟢 Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan vazifalar, xususan mahallalarda yangi muhit yaratish hamda "Mahalla yettiligi" faoliyatini yangicha tashkil etish yuzasidan deputatlik nazorat-tahlil tadbirlarini olib borish (A.Ashurov), chiqarilgan qarorlarda ijrochilarga belgilangan topshiriqlarni tahlil qilish va o‘tgan hafta davomida qabul qilingan qarorlar ijrosini monitoring qilish (R.Mamashukurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish (A.Temirov).

💬 Payshanba (30-iyul)
🟢 Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, Prezident va Hukumat qarorlari hamda "yo‘l xaritalari" ijrosini ta’minlash maqsadida nazorat-tahlil tadbirlarini olib borish (A.Ashurov), navbatdagi sessiyada qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish va ijrochilarga yuborishga tayyorlash, deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish (R.Mamashukurov, A.Temirov).

💬 Juma (31-iyul)
🟢 Haftalik amalga oshirilgan ishlar sarhisobi (A.Ashurov), Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni atroflicha tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli davlat organlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari hamda takliflar tayyorlash (R.Mamashukurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash (barcha bosh mutaxassislar), deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish (A.Temirov).

🫥 Hafta davomida
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganishlar olib borish;
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda ularning ijrosini nazorat qilish;
Sessiya qarorlari va deputatlik so‘rovlari ijrosi monitoringini amalga oshirish;
Oliy Majlis Senati, Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Kengash raisining topshiriq va ko‘rsatmalariga muvofiq ish rejasiga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

📌 Eslatma: Mazkur vazifalar ijrosi Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari R.Mamashukurov va A.Temirov tomonidan muvofiqlashtirilib, doimiy nazoratga olinadi.