Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi asosida fuqaroning oilaviy sharoiti va ijtimoiy yordam masalasi yuzasidan murojaat Tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida fuqaroning amaldagi yashash manzili va ijtimoiy holati tahlil qilinib, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bepul dori-darmon va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibi yuzasidan zarur tavsiyalar taqdim etildi.
🤝 Deputatlik nazorati doirasida murojaat qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilib, fuqaroning murojaatiga belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etildi.