#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M.Musurmanov 54-maktab qurilish obyektida bo‘lib, qurilish jarayonida ishtirok etayotgan mas’ullar va quruvchilar bilan uchrashdi.
Suhbat davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda ishlar sifatini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Doimiy komissiya tomonidan bunday o‘rganishlar qurilish ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta’minlash, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda hududdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|