Suhbat davomida mahalla aholisining o‘z deputatini yaqindan tanishi, u bilan muntazam muloqotda bo‘lishi hamda hududdagi muammolar, taklif va tashabbuslarni bevosita yetkazishi muhim ekani ta’kidlandi. Deputatning doimiy ravishda ko‘chalarda yurib, aholi bilan uchrashishi, ko‘chaboshilar fikrini tinglashi va mavjud masalalarni o‘rganishi saylovchilar ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Hududning obodonlashtirilishi, ichki infratuzilmani yaxshilash, ko‘chalar holatini yanada tartibga keltirish, fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi takliflar olindi.