Jumladan, 21-Beshchinor saylov okrugi deputati Saradjanova Anjelika hamda 28-Temiryo‘lchi saylov okrugi deputati Musurmanova Shodiya Xolmuradovna o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida deputatlik faoliyatini tashkil etish, saylov okruglarida olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududdagi muammolarni aniqlash va ularning yechimiga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar, o‘rganishlar, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish borasidagi tajribalar muhokama qilindi.
Bunday hamkorlik uchrashuvlari deputatlarning o‘zaro tajriba almashishiga, faoliyat samaradorligini oshirishga hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash yo‘lida yanada samarali ish olib borishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari o‘zaro hamkorlikni mustahkamlab, hududlarda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish yo‘lida faoliyat olib bormoqda.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi