35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotida sanitariya-gigiyena va sog‘lom ovqatlanish masalalari nazorat qilindi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI 🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etish, fuqarolar hamda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlandi.
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
"Chamanbog" mahallasida yangi yashil hudud barpo etilmoqda
янв.21
Deputat Umida Fayziyeva mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi
янв.21
🔎 Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari joyida ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputatlar ishtirokida sayyor qabul hamda mahalla "yettiligi"ning II chorak faoliyati yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Chamanbog" mahallasida yashil hudud barpo etish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat sayyor qabulida mahallalardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
24-Tinchlik saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

 24-Tinchlik saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi 

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi raisi, 24-Tinchlik saylov okrugi deputati X.Raximov o‘z saylov okrugida ishlab
chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida tuman Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari bilan samimiy suhbat o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida hududlar ozodaligi, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda aholi uchun qulay va obod muhit yaratishda obodonlashtirish xodimlarining fidokorona mehnati alohida e'tirof etildi. X.Raximov yurtimizda «Pokizalik — salomatlik garovi, obodlik esa taraqqiyot mezoni» ekanini ta'kidlab, ko‘chalar va mahallalarni ozoda saqlash yo‘lida xizmat qilayotgan obodonlashtirish xodimlarining kasbi eng sharafli va mas'uliyatli kasblardan biri ekanini qayd etdi. Shuningdek, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish, ish sharoitlarini yanada yaxshilash hamda faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida tegishli chora-tadbirlar belgilanganini ma'lum qildi. 

   

Slide 1 of 5