Новости

Последние новости

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
📚 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Gulxumar Kuranbayevna Dosova tomonidan Shovot tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Q.Babojonov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Deputatlik so‘rovi mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, 3–7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish hamda ularga sifatli ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida tayyorlandi.
📌 So‘rovda quyidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot so‘ralgan:
🔹 Shovot tumanida 3–7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning amaldagi holati va ko‘rsatkichlari.
🔹 Davlat, nodavlat hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari kesimida qamrov darajasi.
🔹 Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar soni hamda bunga sabab bo‘layotgan omillar.
🔹 2026-yilda qamrovni oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar.
🔹 Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, mavjudlarini kengaytirish hamda qo‘shimcha quvvatlar yaratish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar.
🔹 Sohada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar.
⚖️ Qonunchilik talabi
Deputat so‘roviga “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga muvofiq, so‘rov olingan kundan e’tiboran 10 kun ichida asoslantirilgan javob taqdim etilishi lozim.
📍 Maqsad
Mazkur deputatlik so‘rovi orqali tumanda maktabgacha ta’lim tizimining bugungi holatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini yanada oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.