Новости

Последние новости

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
Deputatlarning Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislaridagi odob-axloq qoidalari

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlari o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida yuksak muomala madaniyati, qonuniylik va mas'uliyat tamoyillariga qat'iy rioya etishi lozim. Deputatlik odobi Kengash faoliyatining samaradorligi, ochiqligi va jamoatchilik ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sessiya va majlislarda ishtirok etish majburiyati

Deputat Kengash sessiyalarida, shuningdek o‘zi a'zo bo‘lgan doimiy komissiya va siyosiy partiya guruhi majlislarida shaxsan ishtirok etishi shart. Agar uzrli sabablarga ko‘ra sessiya yoki majlisda qatnashishning imkoni bo‘lmasa, bu haqda Kengash raisi, Kengash kotibiyati mudiri, doimiy komissiya raisi yoki partiya guruhi rahbarini kamida bir kun oldin, favqulodda holatlarda esa sessiya yoki majlis boshlanishidan oldin xabardor qilishi lozim.

Sessiya va majlislarda deputatning odob-axloq talablari

Deputat Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislarida:

  • deputatlar yoki boshqa shaxslarning sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan qo‘pol, haqoratomuz so‘zlar, iboralar yoki imo-ishoralardan foydalanmasligi;
  • sessiya va majlislarning normal o‘tishiga xalaqit beradigan harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi, so‘zga chiqqanlarning nutqini bo‘lmasligi hamda belgilangan tartibga zid ravishda fikr bildirmasligi;
  • baland ovozda gapirmasligi yoki baqirmasligi, so‘zga chiqqanlarning o‘z fikrini erkin bayon etishiga to‘sqinlik qilmasligi;
  • uzrsiz sabablarga ko‘ra majlislar zalini namoyishkorona tark etmasligi;
  • kun tartibidagi masaladan chetga chiqmasdan fikr bildirishi, hech bir shaxsga nisbatan asossiz ayblovlar ilgari surmasligi;
  • deputatlik faoliyati davomida bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborotdan foydalanmasligi;
  • Kengash Reglamenti va Odob-axloq qoidalari talablariga zid bo‘lgan boshqa xatti-harakatlarni sodir etmasligi shart.

Deputatning tashqi ko‘rinishi

Deputatning tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi Kengashning nufuzi hamda jamoatchilikning unga bo‘lgan hurmatini mustahkamlashga xizmat qilishi lozim. Shuningdek, deputat o‘z vakolatini tasdiqlovchi guvohnomani doimo o‘zi bilan olib yurishi hamda deputatlik ko‘krak nishonini ko‘kragining chap tomoniga taqib yurishi shart.

Odob-axloq qoidalarini buzganlik uchun choralar

Agar deputat Odob-axloq qoidalarini buzsa, sessiya yoki majlisda raislik qiluvchi:

  • deputatni ogohlantirishi;
  • uni so‘zga chiqish huquqidan mahrum qilishi;
  • majlislar zalini tark etishni talab qilishi;
  • deputatning xatti-harakatlariga baho berish uchun Kengashning Odob-axloq masalalari bo‘yicha komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.

Shaxsiy ovoz berish majburiyati

Deputat sessiya va majlislarda faqat shaxsan ovoz berishi shart. Ovoz berish huquqini boshqa deputatga yoki boshqa shaxsga topshirish qat'iyan taqiqlanadi. Bunday holatlar yuzaga kelganda, Odob-axloq komissiyasi yoki uning taklifiga ko‘ra Kengash tomonidan amaldagi qonunchilikda, jumladan "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunda nazarda tutilgan ta'sir choralari qo‘llanilishi mumkin.