Новости

Последние новости

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
Deputat sayyor qabulida mahallalardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputat sayyor qabulida mahallalardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Inomjon Majidov Yashnobod tumanidagi 48-“Behizor” saylov okrugiga qarashli “Asalobod” MFYda sayyor qabul o‘tkazib, fuqarolar hamda “Asalobod”, “Yanginur” va “Oydinko‘l” mahallalari “yettiligi” vakillari bilan ochiq muloqot olib bordi.

🗣 Uchrashuv davomida “Asalobod” MFY raisi va fuqarolar ishtirokida mahalla hududida noqonuniy qurilgan obyektlar, kechki paytlarda kuzatilayotgan shovqin-suron, ayrim fuqarolarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

🔺 Shuningdek, “Yanginur” va “Oydinko‘l” mahallalarida to‘planib qolgan chiqindi uyumlari, ularning sanitariya holati hamda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar yuzasidan mavjud muammolar joyida tahlil qilindi.

📝 Muloqot jarayonida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida hududdagi mavjud holat kompleks o‘rganildi. Xususan, jamoat xavfsizligi, mahalla obodonchiligi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligi va boshqa dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar deputat tomonidan “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”ga qayd etilib, ularning har biri alohida deputatlik nazoratiga olindi. Muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

📨 Uchrashuv yakunida noqonuniy qurilmalar, chiqindilarni bartaraf etish, ijtimoiy himoya masalalari va fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan boshqa muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborishga kelishib olindi.

🤝 Deputat Inomjon Madjidov fuqarolar bilan doimiy ochiq muloqot olib borish, mahallalardagi muammolarni tizimli o‘rganish hamda ularning amaliy yechimiga erishish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube

Slide 1 of 4