Qarorga muvofiq, 796 million soʻm mablagʻ inklyuziv maktablarda toʻsiqsiz muhit yaratish, oʻquv xonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda zamonaviy jihozlar xarid qilish uchun yoʻnaltiriladi.
Mazkur mablagʻlardan maqsadli foydalanish, toʻlovlarni belgilangan tartibda amalga oshirish hamda qaror ijrosini nazorat qilish yuzasidan masʼul tashkilot va mutasaddilarga tegishli vazifalar yuklatildi.