Новости

Последние новости

янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Agrar,suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi,deputat Usipxodjaev Yerlan Ormanovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bo‘limida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasining "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi Qonuni
ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li ham ishtirok etdi.Nazorat tadbiri davomida bo‘lim bosh mutaxassisi F.Ruxiddinov tomonidan hududda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, bog‘dorchilikda shpaler tizimini keng joriy etish,kartoshkachilikni rivojlantirish, yer resurslaridan samarali foydalanish hamda
zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida axborot berildi.Shuningdek, deputat bo‘lim huquqshunosi Z. Tojiboyeva bilan tumanda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari soni, ularning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, shuningdek,qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha fikr almashdi.O‘rganish davomida deputat tomonidan "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi Qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga bir qator savollar berildi. Jumladan, yangi tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklariga yer ajratish tartibi va uning shaffofligi, subsidiya hamda imtiyozli kreditlardan foydalangan xo‘jaliklar soni va ularning samaradorligi,tomorqa yerlaridan unumli foydalanishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, qonun talablari buzilishining oldini olish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan batafsil ma’lumotlar so‘raldi.Mas’ullar tomonidan deputatning savollariga atroflicha javoblar berilib, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot taqdim etildi.Deputatlik nazorati yakunida dehqon xo‘jaliklari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi Qonun talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 3