Новости

Последние новости

янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 27-SESSIYASIDA PARKENT TUMANI EKOLOGIYA VA IQLIM O‘ZGARISHI BO‘LIMI BOSHLIG‘I HISOBOT BERDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 27-sessiyasida Parkent tumani Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i v.v.b. Atayev Shavkat Norboyevichning Parkent tumani hududida atrof-muhitni muhofaza qilish holati yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi.Hisobotda tumanda ekologik barqarorlikni ta’minlash,atrof-muhitni muhofaza qilish, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini
olish, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish tizimi, daraxt va butalarni muhofaza qilish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ekologik nazorat tadbirlari hamda amaldagi ekologiya sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan
amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi.Shuningdek, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan doimiy komissiyaning xulosasi sessiya ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi hamda muhokama qilindi.Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan ekologik nazoratni yanada kuchaytirish, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar bildirildi.Muhokamalar yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olinib, Parkent tumani Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi faoliyatini yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
  

Slide 1 of 3