Новости

Последние новости

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-846-II-son Qonuni ijrosining amaldagi holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mazkur qonun talablari asosida davlat uy-joy fondidagi turar joylarni xususiylashtirish jarayonlari, fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash, arizalarni ko‘rib chiqish hamda belgilangan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirish holatlari tahlil qilindi.

🏠 Shuningdek, davlat uy-joy fondidan foydalanayotgan fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xususiylashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolarning uy-joy masalalaridagi murojaatlarini samarali hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Mazkur yo‘nalishdagi nazorat-tahlil ishlari aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, uy-joy huquqlarini ta’minlash va davlat dasturlarining samarali ijrosiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5