Новости

Последние новости

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
Ehtiyojmand oilalar xonadonlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tumandagi ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilib ta’mirlash ishlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi kiritilgan.

Mazkur masalani o‘rganish maqsadida deputatlar mahallalarda bo‘lib, xonadonlarda energiya samaradorligini oshirish va isitish tizimini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganishmoqda.

Jumladan, deputat M. Qilichov “Zangiboyi” MFYda yashovchi fuqaro Karomat To‘g‘ayeva xonadonida bo‘lib, olib borilayotgan ta’mirlash ishlari jarayoni bilan tanishdi.

O‘rganish davomida xonadonda amalga oshirilishi belgilangan ayrim ishlar to‘liq bajarilmagani aniqlandi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ustalar tomonidan ishlar yakuniga yetkazilmaganligi, hozirda ish jarayoni to‘xtab qolgani hamda ishlarni tashkil etish va sifat nazorati talab darajasida emasligi kuzatildi.

Slide 1 of 4