Новости

Последние новости

янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Chimboy mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
"Kamalak" oromgohida mazmunli yozgi ta'til davom etmoqda!
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
“Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”ги O‘zbekiston Respublikasining №O‘RQ-1023 Qonuniga hamda Kengash rejasiga asosan bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasining "Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ-1023-son) talablaridan kelib chiqib, hamda Kengash rejasiga asosan Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tadjiyeva Muhabbat Haydaraliyevna tomonidan tumandagi bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘liq holat o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, ularning yetarliligi, savdo rastalaridagi mavjudligi hamda aholining sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan ta’minlanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash, sun’iy narx oshishining oldini olish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan monitoring olib borildi.

Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganish va jamoatchilik nazorati ishlari bundan buyon ham tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 2