Новости

Последние новости

янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev hamda Kengash kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan Goʻravval mahalla fuqarolar yigʻini hududida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida mahalladagi obodonlashtirish holati joyiga chiqqan holda koʻzdan kechirildi. Hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish hamda tozalikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, hokim yordamchisining hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish hamda fuqarolar bilan ishlash borasidagi faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Mazkur oʻrganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5