Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘squlova tomonidan Nurli Pangat mahallasida xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, davlat tomonidan ajratilayotgan imtiyoz va subsidiyalardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mahalladagi 10 nafar xotin-qizning tikuvchilik yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qitilgani, ularning mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida xotin-qizlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning savollariga atroflicha javoblar berildi.