Payshanba – yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raximov Avulmat mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi. Deputat yoshlarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyati va tashabbuslarini rag‘batlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, yoshlarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.